DRAFT — yurist tekshiruvi talab qilinadi
Bu matn loyiha holatida va hali yurist tomonidan tasdiqlanmagan. Sariq belgilangan joylar kompaniya ma'lumotlari kiritilgach to'ldiriladi.
Maxfiylik siyosati
TuronAvia24 shaxsiy ma'lumotlarni qanday to'plashi, qayerda saqlashi, kimga uzatishi va qanday himoya qilishi haqidagi bayonot.
Versiya 0.9 · kuchga kirgan sana: 18-oktabr, 2026
Mundarija
1. Operator va huquqiy asos
Shaxsiy ma'lumotlar operatori — "TURONAVIA24" MCHJ (STIR: 313256117), manzil: Qashqadaryo viloyati, Ko'kdala tumani, Oltin dala MFY, Nurafshon ko'chasi, 2-uy, elektron pochta: info@turonavia24.uz, telefon: +998 99 204 03 93.
Qayta ishlash O'zbekiston Respublikasining 02.07.2019 yildagi ЗРУ-547-sonli "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi Qonuni va unga bog'liq me'yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Huquqiy asoslar: subyektning roziligi (alohida hujjat — "Shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik"), shartnomani bajarish zarurati (aviachipta rasmiylashtirish) hamda operator zimmasidagi qonuniy majburiyatlar (buxgalteriya va soliq hisobi).
2. Qanday ma'lumotlar to'planadi
- Yo'lovchi ma'lumotlari: familiya va ism (lotin alifbosida), tug'ilgan sana, jinsi, fuqaroligi, pasport seriyasi, raqami va amal qilish muddati.
- Aloqa ma'lumotlari: elektron pochta manzili va telefon raqami.
- Buyurtma ma'lumotlari: yo'nalish, sanalar, tarif, bron kodi (PNR), buyurtma holati va yuborilgan hujjatlar.
- To'lov ma'lumotlari: to'lov usuli (naqd yoki bank o'tkazmasi), summa, sana, to'lov topshirig'i yoki kvitansiya raqami. Bank kartasi ma'lumotlari qabul qilinmaydi va saqlanmaydi.
- Texnik ma'lumotlar: IP-manzil, brauzer va qurilma turi, til sozlamasi, saytdagi xatolar jurnali.