DRAFT — yurist tekshiruvi talab qilinadi
Bu matn loyiha holatida va hali yurist tomonidan tasdiqlanmagan. Sariq belgilangan joylar kompaniya ma'lumotlari kiritilgach to'ldiriladi.
Ommaviy oferta
Aviachiptalarni sotish bo'yicha xizmat ko'rsatish to'g'risidagi ommaviy oferta shartnomasi (ochiq taklif).
Versiya 0.9 · kuchga kirgan sana: 18-oktabr, 2026
Mundarija
1. Shartnoma tomonlari va atamalar
Ushbu hujjat "TURONAVIA24" MCHJ (keyingi o'rinlarda — Agentlik) tomonidan noaniq doiradagi shaxslarga yo'naltirilgan ommaviy oferta hisoblanadi va O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining ochiq oferta to'g'risidagi normalariga muvofiq tuziladi.
Buyurtmachi — Saytda buyurtma rasmiylashtirgan va uni to'lagan jismoniy yoki yuridik shaxs. Yo'lovchi — chipta uning nomiga rasmiylashtirilgan shaxs. Tashuvchi — parvozni bevosita amalga oshiruvchi aviakompaniya.
Agentlik vositachi bo'lib, uchinchi shaxs — aviakompaniyalarning chiptalarini sotadi. Chiptalar GDS/konsolidator "GlobalTravelSpace" (ООО «EASY TECHNOLOGIES») tizimi orqali hamda bevosita (charter va qo'lda kiritiladigan o'rinlar) taqdim etiladi.
2. Shartnoma predmeti
Agentlik Buyurtmachining topshirig'iga binoan aviachiptani qidirish, bron qilish va rasmiylashtirish bo'yicha xizmatlarni ko'rsatishni, Buyurtmachi esa ushbu xizmatlarni va chipta qiymatini to'lashni o'z zimmasiga oladi.
Tashish shartnomasi Yo'lovchi bilan Tashuvchi o'rtasida tuziladi. Agentlik tashish bo'yicha tomon bo'lmaydi va parvozni amalga oshirish majburiyatini olmaydi.